Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 10-son · 128–137-betlar

Davlat boshqaruvida sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanish shaffofligini ta’minlash: yagona davlat reyestrini joriy etish masalalari

PDF

Annotatsiya

Mazkur maqolada davlat boshqaruvida sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanish shaffofligini ta’minlash hamda bunday tizimlarni yagona davlat reyestrida hisobga olishning huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi algoritmik shaffoflikning huquqiy mazmunini aniqlash, O‘zbekiston qonunchiligidagi mavjud kafolatlarni baholash va taklif etilayotgan reyestrning huquqiy maqomini asoslashdan iborat. Qiyosiy-huquqiy va tizimli tahlil asosida Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropa ittifoqi, Estoniya va AQSh tajribasi o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni 7- 1 -moddasida belgilangan inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ahamiyatga ega qarorlarda faqat sun’iy intellekt xulosasiga tayanmaslik talablari alohida tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida reyestrni xavf darajasiga qarab yuritish, jamoatchilik uchun ochiq ma’lumotlarni nazorat organlari uchun batafsil ma’lumotlardan ajratish va tizimdagi o‘zgarishlar tarixini saqlashdan iborat uch qismli model taklif etildi. Muallif reyestrga kiritishni ruxsat beruvchi yoki huquqni vujudga keltiruvchi harakat emas, balki rasmiy hisobga olish va nazorat chorasi sifatida baholaydi; yuqori xavfli tizimlar uchun esa oldindan ro‘yxatdan o‘tish foydalanishni boshlashning majburiy tartibiy sharti bo‘lishi lozimligi asoslantiriladi.

Abstract

This article examines the legal foundations for ensuring transparency in the use of artificial intelligence systems in public administration and for recording such systems in a unified state register. The study aims to define the legal content of algorithmic transparency, assess the existing safeguards in Uzbekistan’s legislation, and clarify the legal status of the proposed register. Using comparative legal and systemic analysis, the practices of the Netherlands, the United Kingdom, Canada, the European Union, Estonia and the United States are examined. Particular attention is paid to Article 7¹ of the Law of the Republic of Uzbekistan “On Informatization”, which protects human rights and prohibits legally significant decisions from being based solely on the conclusions of artificial intelligence systems. The study proposes a three-part register model consisting of public information, extended information for oversight bodies, and a history of significant system changes. Registration is treated not as a permit or a legal fact creating a right to use the system, but as an official accounting and oversight measure; for high-risk systems, prior registration is proposed as a mandatory procedural condition for deployment.

Iqtibos uchun

Ilhomjon Aliyev. Davlat boshqaruvida sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanish shaffofligini ta’minlash: yagona davlat reyestrini joriy etish masalalari // Adolat. – 2026. – № 10. – С. 128–137.