2026-yil, 10-son · 177–182-betlar
Ichki ishlar organlari xodimlari uchun xavf-xatarni qoplash kafolatlari: qiyosiy-huquqiy tahlil
Annotatsiya
Maqolada ichki ishlar organlari xodimining hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga xizmat bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararni qoplash kafolatlari Belarus, Moldova, Qozogʻiston Respublikalari va Germaniya Federativ Respublikasi qonunchiligi bilan qiyosiy tahlil qilingan. Kafolatning mazmuni toʻrt elementda – sugʻurta hodisasi, toʻlov oluvchilar doirasi, hisoblash bazasi va toʻlovni rad etish asoslarida oʻrganilib, milliy tartibga solish mazmunan xorijiy yechimlardan qolishmasligi, asosiy farq esa normativ kuch darajasida ekanligi asoslanadi. Kasbiy psixologik xavf misolida zararning oldini olishga qaratilgan preventiv kafolatlar gʻoyasi ilgari suriladi va “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonunni takomillashtirish boʻyicha takliflar beriladi.
Abstract
The article provides a comparative analysis of guarantees of compensation for harm caused to the life, health and property of an internal affairs officer in connection with service, drawing on the legislation of Belarus, Moldova, Kazakhstan and Germany. The guarantee is examined through four elements – the insured event, the range of beneficiaries, the calculation base and the grounds for refusing payment. The article argues that national regulation is not inferior to foreign solutions in substance, the main difference lying in the level of normative force. Using occupational psychological risk as an example, it advances the idea of preventive guarantees and proposes amendments to the Law “ On Internal Affairs Bodies ” .
Iqtibos uchun
Lola Radjapova. Ichki ishlar organlari xodimlari uchun xavf-xatarni qoplash kafolatlari: qiyosiy-huquqiy tahlil // Adolat. – 2026. – № 10. – С. 177–182.