Yuqoriga

Yerdashev Muzaffar Habibullayevich

Yerdashev Muzaffar Xabibullayevich, 1990 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida tug‘ilgan. 

Maʼlumoti-oliy, iqtisodchi, 2 darajali yurist.

2013 yilda Toshkent davlat Agrar universiteti bakalavr bosqichini bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyati-2015-2016 yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi buxgalteri, 2016-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy buxgalteriyasining ish yurituvchi inspektori, 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi Buxgalteriyasining yetakchi buxgalter, 2018-2019 yillarda Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi davlat unitar korxonasi Buxgalteriya bo‘limining yetakchi mutaxassisi, 2019 yil Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi davlat muassasasi Buxgalteriya bo‘limining yetakchi buxgalteri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Markaz direktorining 2020 yil 23 noyabrdagi 56-sht-son buyrug‘iga asosan Markazning Moliya-iqtisod bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlanib, ishlab kelmoqda.