Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2022-yil iyun oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Admin   04,07-2022 2062

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2022-yil iyun oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Unga ko‘ra, Markazning Dasturiy va texnik taʼminot bo‘limi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Yorikulov Temurbek Rustam o‘g‘li “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Yorikulov Temurbek Rustam o‘g‘li 1994 yilda Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tug‘ulgan, maʼlumoti oliy, 2018 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bakalavriat bosqichini tamomlagan.

Yorikulov o‘z mehnat faoliyatini 2018-yil 5 dekabrdan “UNICON.UZ” DUK 3-darajali muxandis lavozimidan boshlagan.

2021 yil 25 martdan “Adolat” milliy huquqiy axborot markazining Dasturiy va texnik taʼminot bo‘limining yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Yorikulov Temurbek Rustam o‘g‘lini ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.